O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

9-12 avgust kunlari O‘zbekistonda Davlat mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tadi

2022-08-09

Bugun O‘zbekistonda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi ko‘magida tashkil etilgan Davlat mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi ish boshlaydi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, forumning asosiy vazifalaridan biri Markaziy Osiyo mintaqasi va Rossiyada mehnat sohasida davlat nazorati siyosatini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish, mehnat inspektorlarining trening va tajriba almashish vositasida bilim darajasini, samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iboratdir.

9-12-avgust kunlari ishtirokchi mamlakatlarning davlat mehnat inspeksiyalari vakillari Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy tamoyillari, migratsiya qonunchiligi, travmatizm konsepsiyasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar. Shuningdek, davlat mehnat inspektorining shaxsiy va kasbiy ravnaqiga, hissiy holatni boshqarish ko‘nikmalariga va boshqa mavzularni qamrab olgan treninglar o‘tkaziladi.

Tadbir natijalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash va mehnat huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan, mamlakatimiz Mehnat inspeksiyasining huquqiy va tashkiliy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha yagona yondoshuvlar ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, forum fuqarolarning mehnat huquqlari va ish beruvchilar manfaatlarini himoya qilish sohasidagi eng dolzarb muammolarni hal qilish jarayonida faol ishtirok etayotgan yosh mehnat inspektorlari jamoasini shakllantirish, shuningdek, ishchilarning  xavfsizligini, ularning sog‘lig‘i va farovonligini taʼminlashga ko‘maklashadi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться