O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat va san’at xodimlari kuni

2022-04-15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021-yil 7-iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

Bu mamlakatimizda so‘nggi yillarda ma'naviy-ma'rifiy, madaniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
 
Aytish kerakki, yurtimizda ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz qalbida bugungi kunga shukronalik, ertangi yorug‘ kelajakka umid va ishonch tuyg‘ularini tobora kuchaytirmoqda. Bu yo‘nalishdagi islohotlar jarayonida  madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san'atning barcha turlarini rivojlantirish, soha namoyondalari faoliyatini targ‘ib etishga alohida e'tibor qaratilgan. 
 
Qonun bilan 15-aprel – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni sifatida belgilandi.

Поделиться