O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbek tili bayrami kuni
2021-10-21
Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o‘z tiliga egaligi bilan belgilanadi. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi.
“O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 30 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarorida “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyat” ekani alohida ta'kidlab o‘tilgan. Darhaqiqat, til – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi.