O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda iqtisodiy forum bo‘lib o‘tadi

2021-09-29

29-30-sentabr kunlari poytaxtimizda “O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar yutuqlari va ularning istiqbollari” mavzuida iqtisodiy forum bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya Vazirligi hamkorligida tashkil etiladi.

Forumda qariyb 300 nafar kishi, jumladan O‘zbekiston hukumati vakillari, xalqaro biznes va moliya sohasi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar vakillari va OAV xodimlari ishtirok etadi. Tadbirda mamlakatimizda so‘nggi besh yilda olib borilgan iqtisodiy islohotlar tajribasi tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun istiqbolli g‘oyalar ham muhokama qilinadi.

Forumning birinchi ish kuni yurtimiz iqtisodiyoti o‘sishining yangi rejalari va u bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlanadi. Unda mintaqaviy hamkorlik va inson kapitalini rivojlantirish, raqobatbardoshlikni ta’minlashda iqtisodiy shaffoflikning roli bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi ish kunida xususiylashtirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, jahon ta’minot zanjirida O‘zbekistonning o‘rni va barqaror energetika kabi mavzular ishtirokchilarning e’tiboriga havola qilinadi.

Tadbir doirasida mutaxassislar makroiqtisodiy islohotlar, davlat korxonalari va banklarining transformatsiyasi, kapital bozorini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik va xususiylashtirishni kengaytirish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться