O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Butunjahon kurash kuni

2021-09-06

Bugun oʻzbek milliy kurashi butun dunyo boʻylab oʻz bayramini nishonlamoqda. Bir necha yildan buyon ushbu sana norasmiy bayram sifatida nishonlab kelingan boʻlsa, 2017-yilga kelib, “6-sentabr – kurash milliy sport turi kuni” sifatida rasman tan olindi va bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.

Bugungi kunda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida Milliy federatsiyalar tashkil qilingan. Oʻz navbatida, milliy sportimiz ham tobora yirik kompleks musobaqalar dasturidan muqim oʻrin olmoqda. Jumladan, 2017-yil Turkmanistonda oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari, 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida mazkur sport turi boʻyicha bahslar oʻtkazildi. Bu yoʻlda barchamizning ezgu maqsadimiz, shubhasiz, oʻzbek milliy kurashini Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritishdir.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться