O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

2021-06-27

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ommaviy axborot vositalari xodimlaridan yanada faol, hozirjavob, tashabbuskor bo‘lishni, mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil asosida yoritishni talab etmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq bilan samimiy va ochiq muloqot o‘rnatish, odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan islohotlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, yurtdoshlarimizning tinch va osoyishta, to‘kin va farovon hayot darajasini yangi mazmun bilan boyitish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ezgu ishlar matbuot xodimlari zimmasiga ham yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun keng sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiyalashning yangi istiqbollarini belgilab berdi. 

Mazkur hujjatda belgilangan vazifalar asosida jamiyatda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlar faoliyatini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllari joriy etilmoqda. 

Media sohaga ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida barcha turdagi ommaviy axborot vositalarida tayyorlanayotgan materiallardagi o‘ziga xos ijodiy, tanqidiy-tahliliy yondashuv, media mahsulotlar sifatini tobora yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Matbuot va ommaviy axborot vositalariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning kasb salohiyatini yuksaltirish, xalqimizni tezkor, xolis va haqqoniy axborotlar bilan ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining matbuot xizmatlari bilan ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha keng qamrovli loyihalar hayotga joriy etilmoqda. 

Manba: O'zA

Поделиться