O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi 6 avgust kuni bo’lib o’tadi

2015-08-06

Toshkentda 2015 yil 20 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo’lib o’tdi.

Majlisda Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisini shu yilning 6 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish to’g’risida qaror qabul qilindi. Unda bir qator qonunlarni ko’rib chiqish ko’zda tutilmoqda.

Jumladan, Parlamentning quyi palatasi taqdim qilgan «Investitsiya va pay fondlari to’g’risida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi (yangi tahriri), «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlari ko’rib chiqiladi.

Bundan tashqari, Senat a’zolari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o’tgan yildagi faoliyati to’g’risidagi hisobotni, shuningdek Oliy Majlis yuqori palatasi Kengashining boshqa qarorlarini– Senat qo’mitalaridan birining raisini saylash, kelib tushgan murojaatlar to’g’risidagi axborotni va boshqalarni tasdiqlash bo’yicha masalalarni ko’rib chiqadilar.

Kengash majlisida, shuningdek, Oliy Majlis Senatining 2015 yilga va kelgusi yillarga mo’ljallangan Harakat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning 2015 yil birinchi yarmidagi ijrosi to’g’risidagi masala ham muhokama etildi. Muhokama yakunlariga ko’ra, yuqori palata Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Поделиться