O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy kengashning norasmiy sammitida ishtirok etadi

2021-03-31

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) videoanjuman shaklida o‘tadigan norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Qozog‘iston tashabbusi bilan chaqirilayotgan bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvda Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida birlashmaga a’zo mamlakatlarning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishga doir tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

2009-yil 3-oktabr kuni tashkil etilgan kengashga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya a’zo. Bundan tashqari, Vengriya Turkiy kengash ishida kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi bu kengashga 2019-yilda qo‘shilgan. O‘sha yili 15-oktabrda Bokuda bo‘lib o‘tgan sammitda mamlakatimiz ilk bor to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etgan.

Turkiy tilliy mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar va ishonchni mustahkamlash, savdo, iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish tashkilotning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Turkiy kengashning oliy organi – Davlat rahbarlarining kengashi. Doimiy faoliyat yurituvchi ijro organi – Istanbul shahrida joylashgan Kotibiyat.

Bundan tashqari, TTDHK shafeligida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY), Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) va Turkiy madaniyat va meros fondi, Xalqaro Turkiy akademiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyat yuritmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться