O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni

2020-08-31

El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo’lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo’lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.

Mustabid tuzum davrida million-million begunoh insonlarning umri xazon bo’lganini, qancha-qancha oilalar xonavayron bo’lib, qancha-qancha go’daklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi.

Xalqimizning ana shunday ming-minglab fidoyi va matonatli o’g’il-qizlarining xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, o’sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o’tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg’usini tarbiyalash maqsadida:

- «Shahidlar xotirasi» xayriya jamg’armasi faollari, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik vakillarining mamlakatimizda Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash haqidagi taklifi ma’qullandi.

- Qatag’on qurbonlarini yod etish marosimi har yili 31-avgust kuni Mustaqillik bayrami arafasida poytaxtimiz Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuida o’tkazilishi belgilab qo’yildi.

Поделиться