O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

2019-11-29

2019-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tomonlar, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Uchrashuv so‘ngida yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Birinchi sammit o‘tgan yilning mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tdi.

Поделиться