O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Brussel shahriga tashrifi
2019-11-11
2019-yilning 10-13-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston-Yevroittifoq” Hamkorlik kengashining 15-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Brussel shahriga (Belgiya) tashrif buyuradi.
Tashrif dasturida Yevropa komissiyasi, YI parlamenti va boshqa organlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.