O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Tashkent Book Fest» xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi

2019-10-02

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Tashkent Book Fest" xalqaro kitob ko‘rgazmasini tashkil etmoqda.

Ko‘rgazma joriy yilning 2-4-oktabr kunlari "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi. Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o‘zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aktsiya hamda kitob tanlovlari o‘tkaziladi.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi — turli mamlakatlarning soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon bo‘ladi.

"Tashkent Book Fest" — mamlakatimiz madaniy hayotida yorqin voqea. ️Barcha kitobsevarlarni Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazmasi yarmarkasiga taklif qilamiz. Murojaat uchun telefon: 71 244 23 72

Поделиться