O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi

2015-10-26

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi “2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarka va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq o’tkaziladi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasini o’tkazishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va qayta ishlangan xomashyo, material va butlovchi buyumlar, tayyor mahsulotlarni yetkazib berishda uzoq muddatli xo’jalik munosabatlarini kengaytirish, tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish asosida yangi turdagi sanoat mahsulotlarini o’zlashtirish, mamlakatimizda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni rejalashtirayotgan xorijiy hamkorlar va bo’lajak xaridorlarni jalb etishda korxonalarga ko’maklashishdan iborat.

Mazkur yarmarka va Kooperatsiya birjasi joriy yil 26.10-02.11 kunlari poytaxtimizdagi "Ko’rgazma Savdo Markazi" majmuasida tashkil etiladi (Pavilion №№ 1,2,3,4 Atrium №№1,2 Konf. zаl).

Поделиться