O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro doʻstlik kuni

2019-07-30

Har bir insonning shaxsiy kalendarida qizil rang bilan belgilangan alohida ahamiyatga ega sanalar boʻladi. Bugungi kunni ham ular qatoriga qoʻshib qoʻyishingiz mumkin: 30-iyul – Xalqaro doʻstlik kuni.

Doʻstlik masofa tanlamaydi, til, din yoki irq bilan chegaralanmaydi. U nafaqat insonlarni, shuningdek xalqlarni va davlatlarni ham oʻzaro hurmat, ishonch asosida birlashtiradi. Shu sababli qator xalqaro tuzilmalar, jumladan BMT faoliyatining tub negizida xalqlar aro doʻstlikni mustahkamlash maqsadi mujassam.

Nyu-York shahrida joylashgan BMT bosh binosining uchrashuvlar va muzokaralar zaliga kirsangiz, qoʻlda toʻqilgan, bejirim gilamga koʻzingiz tushadi. Unda Saʼdiy Sheroziyning quyidagi misralari fors va ingliz tillarida yozilgan:

Bir-birin muchasi bor barcha kishi –

Bitta gavhardandir yaratilishi.

Biror mucha boʻlsa ogʻriqqa duchor,

Boshqa aʼzolarda qolmagay qaror.

Oʻzgalar haqida chekmaguchi gʻam,

Nechuk sanaladi qatori odam.

Bundan bir necha asr ilgari yozilgan ushbu misralar, aytish mumkinki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maslagini toʻla aks ettira oladi. Shoir taʼkidlaganidek, yagona “gavhar”dan yaratilgan, demakki, taqdiri bir-biriga chambarchas bogʻliq insonlarni, millatlar, elatlar, xalqlar va davlatlarni begʻaraz doʻstlik rishtalari orqali birlashtirish BMTning eng asosiy maqsadlari sirasiga kiradi.

Tashkilot tomonidan qabul qilingan qator qarorlar, jumladan 2011-yilda BMT Bosh Assambleyasining 65-sessiyasida tasdiqlangan Xalqaro doʻstlik kuni toʻgʻrisidagi rezolyutsiya ayni maqsadlarga xizmat qiladi. Rezolyutsiyada insonlar, xalqlar, davlatlar – umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari oʻrtasidagi doʻstlikning, hamkorlikning ahamiyati alohida qayd etilgan. Xalqlardavlatlarmadaniyatlar va insonlar oʻrtasidagi doʻstlik tinchlikni taʼminlash bilan boliq harakatlarga ilhomlantirishi mumkin va madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar oʻrtasida koʻpriklar oʻrnatish imkoniyatini taqdim etadi,” – deyiladi mazkur hujjatda.

Mamlakatimizda ham 30-iyul – Xalqaro doʻstlik kuni (International Day of Friendship) sifatida keng nishonlanadi.

Aslini olganda, doʻstga sadoqat, birdamlik kabi ezgu tuygʻular xalqimiz orasida qadriyat darajasiga koʻtarilgan. Azal-azaldan ota-bobolarimizning oʻgitlarida, maqol va hikoyatlarda, shuningdek shoiru donishmandlarimizning asarlarida doʻstlik tuygʻusi ulugʻlangan, taʼbir joiz boʻlsa, bunday dunyoqarash asrlar davomida qon-qonimizga singib ketgan. Poytaxtimizdagi Milliy bogʻda qad rostlagan Alisher Navoiy haykali tepasidagi gumbaz ostiga shoirning quyidagi misralari zarhal harflar bilan bitilgani ham bejiz emas, albatta:

Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanligʻ,

Yor oʻlung bir-biringizgakim, erur yorligʻ ish!

Bir soʻz bilan aytganda, xalqimiz azaldan ardoqlagan doʻstlik – maqsadlarni mushtarak etuvchi, tinchlikni taʼminlovchi rishta. Xalqaro doʻstlik kunining keng miqyosda nishonlanishi bu rishtani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Azizbek RAMAZONOV

Поделиться