O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Buyuk Britaniyaga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida
2019-07-09
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 9-12-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘ladi va London shahrida OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada ishtirok etadi.
Tashrif dasturiga ko‘ra Buyuk Britaniya rasmiy shaxslari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ham rejalashtirilmoqda.