O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oziq-ovqat sanoati” UzFood 2019 - Xalqaro koʻrgazmasi

2019-04-03

3-5-aprel kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKMda Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy hamkorligida oziq-ovqat sanoati va mahsulotlari “Oziq-ovqat sanoati” UzFood 2019 - Xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazmada dunyoning 26 mamlakatidan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadilar. Shuningdek, UzFood 2019 stendlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlari taqdim etiladi.

Koʻrgazmada quyidagi boʻlimlar taqdim etiladi: Oziq-ovqat va ichimliklar, Non mahsulotlari, Oziq-ovqat mahsulotlari, qoʻshimchalar va ziravorlar, Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, HoReCa va qadoqlash.

Koʻrgazma davomida Chakana savdo markazi tashkil etiladi va ishtirokchilar uchun Oʻzbekiston bozoriga mahsulotlarni olib kirish uchun chakana savdo tarmoqlari bilan muzokaralar oʻtkazish imkoniyatini mavjud boʻladi.

Koʻrgazmada qatnashish uchun taklifnoma quyidagi manzilda: http://bit.ly/on-reg

Поделиться