O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BankExpo-2019

2019-04-11

Joriy yilning 11-13 aprel kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “BankExpo-2019” moliya-bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining Milliy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazmada respublikamizda faoliyat yuritayotgan yetakchi tijorat va davlat banklari, sugʻurta, lizing, investitsiya va IT-kompaniyalar ishtirok etadi.
 
Har yili oʻtkaziladigan keng koʻlamli “BankExpo-2019” koʻrgazmasi joriy yilning 11-13 aprel kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida boʻlib oʻtadi. BankExpo – bu bank sektori, uning toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchilari, moliyaviy institutlar va davlat oʻrtasidagi muloqot platformasidir. Koʻrgazma tashkilotchilari –Oʻzbekiston banklar Assotsiatsiyasi.
 
– “BankExpo-2019” koʻrgazmasi OAV vakillari uchun rasmiy matbuot anjumanidan boshlanadi. Shuningdek, koʻrgazma tashkilotchilari, iqtisodiyot va moliya sohalari mutaxassislar hamda davlat muassasalarining boshqa vakillari ishtirokidagi panelli muhokamalar ham boʻlib oʻtishi kutilmokda, – deydi Oʻzbekiston Banklari assotsiatsiyasi raisi Baxtiyor Hamidov. – “BankExpo-2019” koʻrgazmasi bank-moliya sohasi va ishbilarmonlik sektori vakillarining samarali hamkorlik qilishlari uchun xizmat qiladi. Koʻrgazma doirasida mahalliy va xorijiy hamkasblar orasida tajriba almashish imkonini yaratib beradi va qator samarali yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu yechimlar, oʻz navbatida, xarajatlarni qisqartirish va biznes samaradorligini oshirish, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun sharoitlar yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston iqtisodiyotining ijtimoiy rivojlanishiga koʻmaklashishi shubhasiz. Xorijiy kompaniyalar ishtiroki orqali mahalliy ishbilarmonlar hamjamiyati bank-moliya sektorida keyslarning ilgʻor tajribasi va amaliy yechimlari, xizmatlarni avtomatlashtirish vositalari va zamonaviy bank uskunalari bilan tanishadilar.
 
Tadbirlar doirasiga koʻrgazma eksponentlaridan tashqari bank-moliya sektori mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashish maydonchasi boʻlmish “Bank Talks” muhokamalari, shuningdek, investitsiyalarni jalb etish yoki biznes hamkorlikni rivojlantirish uchun xususiy loyihalar taqdimotini oʻz ichiga olgan “Startap-tashabbuslar” ham kiradi.
 
“BankExpo-2019” milliy koʻrgazmasi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: www.uzbankexpo.uz
 
Hamkorlik va koʻrgazmada ishtirok etish masalalari yuzasidan quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat etish mumkin: +99890 983 63 42, email: info@upc.uz, event@upc.uz

Поделиться