O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AgroWorld Uzbekistan 2019

2019-03-13

13-15-mart kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKMda “Qishloq xoʻjaligi - AgroWorld Uzbekistan 2019” 14 - Xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Koʻrgazmada jahonning 20 ta mamlakatidan 150 ta kompaniya ishtirok etadi.

Eksponentlar chorvachilik, parrandachilik, issiqxona xoʻjaliklari uchun uskunalar va texnologiyalarni, yem-xashak va don sanoati uchun yechimlarni taqdim etadi. Koʻrgazmada ilk marotaba qatnashayotgan 60dan ortiq ishtirokchilar — agrar sanoatning turli tarmoqlari uchun uskunalarni ishlab chiqaruvchilari.

Anʼanaga koʻra, koʻrgazmaning ikkinchi kuni Oʻzbekiston fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi koʻmagida “Fermerlar kuni” oʻtkaziladi. Shu kuni tajriba almashish va koʻrgazmada taqdim etilgan mahsulotlarning keng turlarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalar bilan bevosita muloqot qilish uchun Respublikaning barcha viloyatlaridan agrar soha mutaxassislari keladilar.

Amaliy dastur doirasida, shuningdek, 13-mart kuni “Jazirama issiq iqlim sharoitida qanday qilib koʻp sut va buzoqlar olish mumkin?” mavzusidagi seminar oʻtkaziladi.

Koʻrgazma ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish orqali agrosanoat sektorida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, hamda Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi sohasining investitsion jozibadorligini oshirishga turtki boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi agrar sektorning barcha vakillarini “AgroWorld Uzbekistan 2019” koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Поделиться