O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining majlisi

2019-03-05

2019-yilning 5-6-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligidagi delegatsiya Budapesht shahrida boʻlib oʻtadigan Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Oʻzbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Budapesht shahrida boʻlish chogʻida delegatsiya Tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Siyyarto, Savdo-sanoat palatasi prezidenti Laslo Paragg va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashadi.

5-mart kuni Vengriyaning 60 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida ikki tomonlama biznes forumi oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Поделиться