O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlari
2019-02-26
2019-yilning 26-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etish uchun Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa ittifoqi va hamkorlik vazirligi Davlat kotibi Fernando Valensuela boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga kelmoqda.
Ispaniya delegatsiyasi mamlakatimizda boʻlib turgan chogʻida Investitsiya va tashqi savdo, Transport vazirliklarida, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida, Savdo-sanoat palatasida ham muzokaralar oʻtkazadi.