O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasining musobaqasi

2019-02-15

Shu yilning 15-17 fevral kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasining dastlabki rasmiy musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasida tashkil etiladigan I Ochiq chempionatda Afgʻoniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston qilichbozlari sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishadi.
 
Bahslar qilichbozlikning har uch yoʻnalishida tashkil etiladi va unda 150 nafardan ziyod sportchi qatnashadi.
 
Bellashuvlar Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasiga qarashli sport majmuasida boʻlib oʻtadi. Musobaqa 15 fevral kuni soat 10:00da start oladi.
 
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 25 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Afgʻoniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyalarini birlashtiruvchi Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Ushbu musobaqa Konfederatsiya tomonidan tashkil etilayotgan dastlabki turnir hisoblanadi.

Поделиться