O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ziyorat turizmi boʻyicha xalqaro forum

2019-02-21

Joriy yilning 21-23 fevral kunlari Oʻzbekistonda ziyorat turizmi boʻyicha ilk xalqaro forum boʻlib oʻtadi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda mamlakatimizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad ziyorat turizmini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, bu yoʻnalishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish, Oʻzbekistonni ziyorat turizmining yirik markazlaridan biri sifatida eʼtirof etish va “Halol“ standartini joriy etishdan iborat. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan forumda mahalliy va xorijiy olimlar, teologlar, ziyorat turizmi sohasidagi ekspert va mutaxassislar ishtirok etadi. 

Tadbirning birinchi kuni OAV vakillari uchun matbuot anjumani hamda forum mehmonlari va ishtirokchilari uchun Buxoroning diqqatga sazovor joylari boʻylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etish rejalashtirilgan. 

Forumning ikkinchi kuni Buxorodagi Yoshlar markazida tadbirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Bu yerda xorijiy ekspertlar ishtirokida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatini oshirish masalalariga bagʻishlangan uchta shoʻba sessiyalarini oʻtkazish hamda yurtimiz madaniy-tarixiy markazlarining Islom madaniyati va sivilizatsiyasini rivojlantirishdagi roli toʻgʻrisida deklaratsiya imzolanishi ham koʻzda tutilgan. 

Yigʻilish yakunlariga koʻra, xorijlik sheriklar bilan investitsiya shartnomalarini imzolash kutilmoqda. 

Forumning soʻnggi kunida tadbir mehmonlari uchun Samarqandning diqqatga sazovor joylari boʻylab tanishtiruv turi oʻtkaziladi. 

 

N.Usmonova, OʻzA

Поделиться