O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qirgʻiziston madaniyati kunlari

2018-10-24

Joriy yilning 24-28 oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasida Qirgʻiziston Respublikasining “Qirgʻiziston madaniyati kunlari“ oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Qirgʻiziston Respublikasidan jami 70 kishidan iborat delegatsiya tashrifi kutilmoqda. Qirgʻiziston madaniyati kunlari doirasida 1-kuni Toshkent shahrining “Hazrati imom” majmuasi, Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi, 2-kuni Toshkent Fotosuratlar uyida Qirgʻizistonning amaliy sanʼat ustalari koʻrgazmasi, A.Navoiy nomidagi kino saroyida Qirgʻiz film namoyishi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida Qirgʻiziston madaniyati kunlarining tantanali ochilishi, 3-kuni Samarqand shahridagi “Hazrati Xizr“ majmuasi, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining maqbara majmuasi ziyorati va Registon maydoni, 4-kuni Toshkent shahridagi A.Temur muzeyi hamda Oloy bozoriga tashriflar uyushtirilgan.

Поделиться