O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi

2018-10-17

Xalqaro miqyosda eʼtiborga sazovor biznes tadbir – sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumi birinchi bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi. AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan ushbu tadbir 2018 yil 17-18 oktyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Markaziy Osiyo savdo forumi (MOSF) Markaziy Osiyo mamlakatlari ishbilarmon doiralari vakillari, xalqaro tashkilotlar, mintaqa va jahonning taniqli siyosiy va jamoat arboblari ishtirokidagi yillik tadbirdir. Bu yilgi forumda 1000 dan ziyod delegat ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQSHga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi oʻrtasida Toshkentda boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo savdo forumini tashkillashtirish toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan.

Markaziy Osiyo savdo forumi misli koʻrilmagan platforma boʻlib, biznes jamiyatiga istiqbolda 70 milliondan oshiq mijozi mavjud Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan bozorlaridagi yangi imkoniyatlar bilan tanishishga imkon beradi. Osiyo, AQSH, Yevropa va Yaqin Sharqdan korxonalar rahbarlari, davlat arboblari va mutaxassislar oʻz gʻoyalarini almashish, shartnomalar tuzish va kelajakdagi hamkorlik uchun yangi sherikchilik yaratishda ushbu forumning oʻrni muhim.

Bu yil “Savdo va investitsiyalarni rivojlantirishda yangi istiqbollar” deb nomlangan forum Markaziy Osiyoning, ayniqsa Oʻzbekistonning mintaqaviy va xalqaro savdo uchun ochilib borayotganini aks ettirmoqda. Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish surʼatini tezlashtirish uchun valyuta liberalizatsiyasidan biznes sohasidagi islohotlargacha boʻlgan qator choralar koʻrilmoqda. Forum bilan bir paytda savdo koʻrgazmasi ham boʻlib, unda butun mintaqadagi turli tarmoqlar, shu jumladan, transport, turizm, axborot texnologiyalari, asbob – uskuna ishlab chiqarish, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash va h.k. korxonalar ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtish va Markaziy Osiyo savdo forumi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi vebsaytga kiring: www.catradeforum.org.

Tashkilotchilar ushbu koʻrgazmada ishtirok etishga qiziqqan shaxslarni taklif qilishadi. Batafsil maʼlumot bu havola orqali mavjud.

Поделиться