O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ICTWEEK Uzbekistan-2018

2018-09-24

24-29 sentabr kunlari Toshkent va Jizzax shaharlarida Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi - “ICTWEEK Uzbekistan-2018” oʻtkaziladi.

Haftalikda axborot kommunikatsiya sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar namoyish etilishi barobarida, tizimga oid qator muammolarning muhokama etilishi kutilmoqda. Uning doirasida Axborot texnologiyalari yillik koʻrgazmasi - ICTEXPO-2018, DIGITAL UZBEKISTAN forumi kabi tadbirlar va taqdimotlar oʻtkaziladi. Jizzax shahrida esa mintaqaviy forum va koʻrgazmadan tashqari “Bolalar uchun axborot texnologiyalari” aksiyasi ham tashkil etiladi.

Haftalikning asosiy tadbirlaridan biri boʻlgan ICTEXPO-2018 koʻrgazmasi “Oʻzekspomarkaz” pavilonlarida 26-28 sentabr kunlari oʻtkaziladi. Jizzaxda esa 26-27 sentabr kunlari mintaqaviy koʻrgazma bilan tanishish mumkin boʻladi. Tashkilotchilarning maʼlum qilishicha bu yil koʻrgazma maydonlari yanada kengaytirilgan boʻlib, bu ishtirok etishga talabgorlar soni ortib borayotgani bilan izohlanadi. Axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorida taqdim etilayotgan eng soʻnggi zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladigan ushbu koʻrgazmada IT-sohasidagi mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etadilar. Ular safida yirik uyali aloqa kompaniyalari, vendorlar, dasturiy taʼminot va tizim integratorlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bor.

26 sentabr kuni “Oʻzekspomarkaz”da oʻtkaziladigan DIGITAL UZBEKISTAN forumida esa axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar masalalari, tizimdagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi. Forumning panel muhokamalarida mamlakat axborot texnologiyalari sektorini rivojlantirishga qaratilgan strategik qarorlar va dasturlarni ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda. Unda davlat boshqaruvi organlari vakillari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi korxonalari va tashkilotlari rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT -kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etishadi.

“ICTWEEK Uzbekistan-2018” haftaligini 29-sentabr kuni mukofotlash marosimi yakunlaydi.

Eslatib oʻtamiz, bu yildan boshlab Forum va koʻrgazmaga kirish uchun www.ictweek.uz rasmiy saytida roʻyxatdan oʻtish va QR kodini olish kerak boʻladi.

N. Toshpoʻlatova, OʻzA

Поделиться