O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Birinchi xalqaro tekstil konferensiya O‘zbekistonda

2018-09-04

Joriy yil 4 sentyabr kuni “O‘zekspomarkaz”da to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan xalqaro konferensiya va 5-7 sentyabr kunlari “UzTextile Expo” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mamlakatimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti samarasida to‘qimachilik sanoati izchil rivojlanib, sohada istiqbolli investitsiya loyihalarining salmog‘i sezilarli darajada ortmoqda. Natijada yengil sanoat tarmoqlarining milliy iqtisodiyotdagi ulushi yil sayin yuksalmoqda.

Bu yilgi ko‘rgazmalarda qator xorijiy kompaniyalarning bo‘yash, pardozlash, laboratoriya va boshqa uskunalari, matoga yorliq bosish texnologiyalari, tayyor va yarim tayyor mahsulotlari taqdim etiladi.

Поделиться