O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar Kengashining sessiyasini chaqirishi

2018-07-10

Toshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq, 2018 yil 10 iyulь kuni soat 15.00da xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi o'ttiz sakkizinchi sessiyasi  bo'lib o'tadi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o'ttiz sakkizinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

-xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bo'shab qolgan saylov okruglarida bo'lib o'tgan deputatlar saylovi yakunlari to'g'risida;

-Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijrosi, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o'rinlari barpo etish bo'yicha 2018 yil ikkinchi chorak yakunlari to'g'risida;

-Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasining Toshkent shahrida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida 2018 yil ikkinchi chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti to'g'risida;

-Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining Toshkent shahrida mahalliy byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular tomonidan qo'shimcha rezervlarni aniqlash bo'yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to'langanligi, ular bo'yicha soliq qarzdorligi bo'yicha 2018 yil ikkinchi chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti to'g'risida;

-Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining Toshkent shahar byudjeti ijrosi, shuningdek, hududlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjetlarning daromadlarining qo'shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo'shimcha manbalardan foydalanish yo'nalishlari, jumladan, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari bo'yicha 2018 yil ikkinchi chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti  to'g'risida;

-Toshkent shahridagi ba'zi geografik ob'ektlarga nom berish va ularning nomlarini o'zgartirish to'g'risida va boshqa masalalar.

Поделиться