O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“CAMCA” Mintaqaviy forumida ishtirok etish to‘g‘risida

2018-06-22

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 22-23 iyun kunlari Baku shahrida tashkil etiladigan “SAMSA-2018” yillik Mintaqaviy forumida ishtirok etadi.

Tadbirga “CAMCA” Mintaqaviy forumida qatnashuvchi o‘nta mamlakatning hukumat vakillari, tadbirkorlari va ilmiy doiralari vakillari, mashhur va obro‘-e’tiborli xalqaro siyosatdonlar hamda ekspertlar, Ramsfeld fondi stipendiyalari dasturi bitiruvchilari taklif etilgan.

Forum davomida “SAMSA” davlatlarida siyosiy bo‘lmagan va iqtisodiy xususiyatga ega mintaqaviy tendentsiyalar, savdo, transport va investitsiyalar, inson kapitalini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, “SAMSA” Mintaqaviy forumi (Markaziy Osiyo - Mongoliya - Kavkaz - Afg‘oniston) keng ko‘lamli masalalar yuzasidan mintaqaviy muloqotga ko‘maklashish uchun 2008 yilda tashkil etilgan siyosiy bo‘lmagan platformadir.

Поделиться