O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muborak Ramazon hayiti

2018-06-15

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Xalqimiz ma’naviy hayoti, milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini yaqqol ifoda etadigan Ramazon hayitini munosib nishonlash, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish maqsadida:

 
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15-iyun juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi 5290-sonli Farmoniga muvofiq 2018-yil 15-17-iyun kunlari – Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlansin.
 
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
 
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
 
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                              Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2018-yil 11-iyun

Поделиться