O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Made in Uzbekistan” ekspozitsiyasi Bishkekda

2018-03-05

Shu yil 5-7 mart kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida “Made in Uzbekistan” brendi ostida mamlakatimizning eksport salohiyatiga bag‘ishlangan milliy ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Unda mamlakatimizning turli hududlarida ishlab chiqarilgan tovarlar namoyish etiladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi texnikalari, yuk va yengil avtomobillar, mebel, maishiy texnika vositalari, gilamchilik, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari mahsulotlari eksponentlar qatoridan joy oladi.

Shuningdek, kabel va farmasevtika, oziq-ovqat, kattalar va bolalar uchun kiyim-kechak hamda trikotaj mahsulotlari, qurilish materiallari, xalq iste’moli tovarlari, xalq amaliy san’ati buyumlari va boshqalar ishtirokchilar e’tiboriga havola etiladi.

Mamlakatimizning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan bu kabi ko‘rgazma xorijda birinchi bor o‘tkazilayotgani yo‘q, albatta. Masalan, o‘tgan yil aprel oyida Tojikiston poytaxti Dushanbe, may oyida Qozog‘istonning Chimkent, iyun oyida Turkmanistonning Ashxobod, noyabr oyida esa Rossiyaning Qozon shaharlarida “Made in Uzbekistan” ekspozitsiyasi tashkil qilingandi.

Binobarin, chet ellarda O‘zbekiston eksport salohiyatining bu kabi namoyishi nafaqat alohida loyiha sifatida, balki yirik xalqaro ko‘rgazma tadbirlari doirasida ham taqdim etib kelinayotgani alohida ahamiyatga loyiq.

Поделиться