O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi

2018-01-14

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 14-21-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi Bosh qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi “Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shuningdek, tashrif dasturida Vashington shahrida O‘zbekiston-AQSh muzokaralarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan.

Поделиться