O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Toshkent open – 2017” xalqaro turniri
2017-09-25
Poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifiga kiruvchi “Toshkent open – 2017” xalqaro turniri boshlandi.
O‘n to‘qqizinchi marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda yigirmadan ziyod davlatdan yuzdan ortiq raketka ustasi qatnashmoqda.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tkazilayotgan turnirning yakkaliklar o‘rtasidagi birinchi davrasida hamyurtlarimizdan Nigina Abduraimova yaponiyalik Nara Kurumi bilan bahslashadi. Sabina Sharipova esa shveytsariyalik Shtefani Fyogelega qarshi kortga chiqadi. Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ukrainalik Katarina Kozlovani sinovdan o‘tkazadi.