O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi

2017-09-06

2017-yilning 6-8-sentabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkaziladi.

Yarmarka mahalliy kompaniyalar uchun o‘z mahsulotlarini taqdim etish, eksport geografiyasini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bozorlarini va yangi xorijiy hamkorlarni topish imkonini beradi. Chet ellik ishtirokchilarga esa, o‘z davlatlari bozorlari uchun meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish borasida hamkorlik aloqalari o‘rnatishga zamin yaratadi.

II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasidan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonda ekologik toza, xususiyatlari iste’molbop va mazasi bo‘yicha tengi yo‘q sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishning g‘oyat katta imkoniyatlari, shuningdek, ularning sanoat asosida qayta ishlangan tayyor sifatli mahsulotlari to‘g‘risida xorijdagi qayta ishlovchi va savdo kompaniyalarni keng xabardor qilishdan iboratdir.

Ko‘rgazma pavilonlarida O‘zbekistonda yetishtirilgan ho‘l, quritilgan va qayta ishlangan meva, sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar hamda ziravorlar taqdim etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

Поделиться