O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kuni

2017-05-17

Butunjahon telekommunikatsiya kuni halqaro telekommunikatsiya ittifoqiga (XTI) asos solingan va 1865 yili birinchi Xalqaro telegraf konvensiya imzolangan kun sharafiga 17 mayda har yili nishonlanadi.

2005 yil noyabrda Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha yuqori darajada butunjahon uchrashuvi (AJYuDU) BMT Bosh Assamleyasiga 17 may kunini Butunjahon axborot jamiyati kuni deb elon qilishi taklifi bilan chiqdi.

2006 yil 27 martda BMT Bosh Assamleyasi rezolyutsiyani (A/RES/60/252) qabul qildi, unga asosan Butunjahon axborot jamiyati kuni 17 mayda har yili nishonlanadi.

2006 yil noyabrda Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan XTI Vakolatli Konferensiyasida 17 may Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kuni deb e’lon qilindi.

Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kunining maqsadi bo‘lib axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish jamiyat va mamlakatlarga imkoniyatlar to‘g‘risidagi xabardor bo‘lishlik darajasini oshirish imkoniyati hisoblanadi. 

Manba: www.unicon.uz

Поделиться