O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi

2017-02-09

Mustaqillik yillarida Alisher Navoiy xalqimiz ko‘z o‘ngida ulug‘vorligi bilan qayta namoyon bo‘ldi. Istiqlolimizning dastlabki yili ozod Vatanimiz solnomasida “Alisher Navoiy yili” sifatida ulug‘landi. Poytaxtimiz markazida uning nomi bilan ataluvchi muazzam bog‘ — O‘zbekiston Milliy bog‘i barpo etildi. Eng muhimi, ulug‘ shoir merosini butun ko‘lami, keng qirralari bilan har tomonlama chuqur o‘rganish, bu borada tarixiy adolatni qaror toptirish uchun barcha imkoniyat yaratildi.

Alisher Navoiy o‘zining butun faoliyati davomida insonni, uning eng go‘zal fazilatu xislatlarini betakror mehr-muhabbat bilan kuyladi. Uning qaysi bir asarini olib ko‘rmang, insoniy fazilat haqidagi fikrlar mujassamlashganini darrov payqaysiz. Bularning eng mukammallaridan biri odamlar bilan ahil-inoq yashash, xalqqa g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iboratdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nom olgan joriy yilda olib borilayotgan ezgu islohotlar hamda tashabbuslar ham ulug‘ bobokalonimiz orzu qilgan xayrli amallarga hamohangligi bilan barchamizga, ayniqsa, navqiron avlodga ibrat bo‘layotgani ahamiyatlidir. Zero, mehru muruvvat, xayru saxovatda o‘zi namuna bo‘lgan hazrat Navoiy asarlari orqali ham kishilarni yaxshilik qilishga, bir-birini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Chunonchi, “Mahbub ul-qulub” asarida saxovat va himmat bobida alohida fikr yuritib, saxovatni insoniyat bog‘ining mevali daraxtiga o‘xshatadi, odamiylik mamlakatining mavjli ummoniga, bu ummonning bebaho gavhariga qiyoslaydi. Binobarin, Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan tadbirlarda uning asarlarida ilgari surilgan ana shunday umumbashariy gumanistik g‘oyalar yoshlar qalbiga singdirilmoqda.

Manba: «Xalq so‘zi» gazetasi

 

Поделиться