O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi

2016-10-13

2016-yilning 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari tug‘risidagi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, joriy yilning 12-13-oktabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlash joizki, 2005-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu yarmarka dunyo iqtisodiy hayotidagi muhim tadbirlardan biriga aylandi. Hozirda mazkur yarmarka jahondagi ko‘plab yetakchi ishlab chiqaruvchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Paxta tolasi va to‘qimachilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha bozor mexanizmlarini yanada rivojlantirish, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar hamda ularning xorijlik hamkorlari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga ko‘maklashmoqda.

Ushbu yarmarkani tashkillashtirishda Xalqaro paxta assotsiatsiya, Paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mitasi, “Cotton Outlook" xalqaro agentligi va Xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi singari nufuzli xalqaro tashkilotlar doimiy hamkorlik qilib keladi.

Joriy yilgi yarmarka “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “O‘zbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tovar-homashyo birjasi, O‘zbekiston “Sifat" markazi va boshqa tegishli tuzilmalar ko‘magida tashkil etiladi.

Asosiy tadbirlar “O‘zekspomarkaz” kompaniyasining ko‘rgazmalar zalida o‘tkaziladi. Xalkaro o‘zbek paxta va tukimachilik yarmarkasidagi konferensiyalar hamda muloqotlarda jahon paxta va to‘qimachilik bozorining yetakchi vakillari tomonidan O‘zbekiston va dunyoda paxta tolasi ishlab chiqarish, savdo va investitsion hamkorlikni kengaytirish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilinishi va o‘zaro manfaatli oldi-sotdi shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Yarmarka haqidagi ma’lumotlar bilan www.cottonfair.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Поделиться