O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi
2016-03-31
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisini shu yilning 31-mart kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Senatning yalpi majlisida mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini izchil isloh qilishga hamda liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunlar, shu jumladan, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri), ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar, mamlakatning ayrim idoralari va muassasalari hisobotlari, shuningdek, Senatning prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiyasi tarkibi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.