O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrifi
2016-01-29
2016-yilning 27-29-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi.
Pekin shahrida Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari va ShHT doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish, jumladan bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama hamda ShHTning O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlariga tayyorgarlik jarayonini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov bilan o‘tkaziladigan muzokaralar doirasida 2016-yil iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi majlisi hamda O‘zbekiO‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga bo‘lajak tashrifiga doirstonning mazkur tashkilotda raisligi doirasida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilinadi.