The Government portal of the
Republic of Uzbekistan

Archive
2024
Calendar

Events

Mo Tu We Th Fr Sa Su
New on the portal
  • New page "Open Government" Detail>>>
  • Added widget FAQs Detail>>>
  • Added a list of government agencies in the Karakalpak language Detail>>>
  • Helplines of ministries and agencies Detail>>>
  • Government portal in Karakalpak language Detail>>>

Energetika vazirligida Misr kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

2020-02-24 | Economics

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov 2020-yil 20-fevral kuni «ElsewedyElectric» kompaniyasining (Misr) prezidenti va bosh ijrochi direktori Ahmad Al Sevediy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirishda misrlik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning xalqaro tajribasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

«ElsewedyElectric» kompaniyasi 1938-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda elektrotexnika, kabel, telekommunikatsiya mahsulotlari, an’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun transformatorlar, turbinalar ishlab chiqariladi. Hozirgi paytda ushbu kompaniya kabellar, transformatorlar, elektrotexnika mahsulotlari, PVX ishlab chiqarish, energetika sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish (elektr energiya ishlab chiqarish, «tayyor holda» qurish va LEP lar, taqsimlash tizimlari, gazni o‘lchovchi stantsiyalarni jihozlash), qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish (quyoshli va shamol elektr stantsiyalari) bo‘yicha energetika korporatsiyalari o‘ntaligiga kiradi. 

«ElsewedyElectric» ning dunyoning 15 ta mamlakatida 30ta ishlab chiqarish quvvatlari mavjud, u yerda 15 mingdan ortiq xodimlar mehnat qiladi. 2018-yilda kompaniya daromadlari 2,12 mlrd.AQSh doll. ni tashkil etdi.

Energetika vaziri Misr kompaniyasi rahbarini yangi generatsiya quvvatlari qurilishi bo‘yicha tayyorgarlik bosqichidagi loyihalar bilan tanishtirdi, bular: O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida 1 000 MVt li quyosh elektrostantsiyasi va 1 300 MVt li issiqlik elektrostantsiyasi qurilishi.  

Ta’kidlandiki, O‘zbekistonda 2019-yilda «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unga muvofiq, Xalqaro moliyaviy korporatsiya (Jahon banki) va OTB bilan birga 2025-yilgacha 2 GVt quvvatli quyosh elektrostantsiyalarni qurish uchun salohiyatli investorlarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, XMK bilan birga «1200-1400 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stantsiyalari qurilishi» loyihasi doirasida tender savdolari e’lon qilingan. G‘oliblarni shu yilning noyabr-dekabr oylarida aniqlash rejalashtirilgan. Loyihaning taxminiy qiymati 1,0 - 1,3 mlrd. doll.ga teng.

O‘zbekiston tomoni, investitsiyaviy hamkorlikdan tashqari, Energetika vazirligi «ElsewedyElectric» kompaniyasi bilan elektr energetika tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash respublika yagona markazini yaratish, ilg‘or texnologiyalar asosida ko‘mir qazib olishni rivojlantirish, shuningdek uglevodorodlarni chuqur qayta ishlashga sarmoya kiritish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Ahmad Al Sevediy, o‘z navbatida O‘zbekistonning elektr energetika sohasini isloh qilish jarayonlariga, shuningdek mamlakatda energetik xavfsizlikni ta’minlash va generatsiyalanuvchi quvvatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan loyihalarga katta qiziqish bildirdi. Taqdimoti o‘tkazilgan loyihalarni batafsil o‘rganib chiqishga kelishib olindi.

Поделиться