O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida akademik Aziz Qayumovning Toshkent shahar hokimi Usmonovga “Ochiq xat”i hamda yana 3 nafar akademikning “Befarq qarab turishga haqli emasmiz” maqolasi e’lon qilingan edi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan muammo yuzasidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Turdiqulov imzosi bilan javob xati keldi. Unda jumladan shunday deyiladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlar doktori Azizxon Qayumovning Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi haqida “Ochiq xat”idagi dolzarb masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining 2018-yil 12-fevraldagi qarori bilan Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi 69-uy manzilidagi bino (522,0 kv.m) qismi muzeyga qaytarilganligini ma’lum qilamiz”.